Xonanda Dilso‘zdan yangi tarona
Сана: 07.09.2026
320
қайноқ
Xushovoz xonanda Dilso‘z yangi taronasi bilan kuz mavsumini qarshi oldi. “Indallo” deb nomlangan ushbu qo‘shiq o‘ziga xos uslubi va sho‘x kayfiyati bilan tinglovchilar e’tiborini tortdi. Taronani tinglagan muxlislar esa bu uslub Dilso‘zga juda yarashganini ta’kidlashmoqda. Raqsbop, ko‘tarinki kayfiyat ulashuvchi ushbu musiqiy asar xonanda ijodidagi o‘ziga xos burilish bo‘ldi, desak adashmaymiz. Demak, kuz fasliga biroz raqs va yaxshi kayfiyat qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, “Indallo” ayni muddao! Siz ham tinglab, o‘z baho bering.
